Abstract:
COVID-19 kasalligida kuzatiladigan o’gir asoratlardan biri ishemik insult bo’lib, nafaqat COVID-19 kasalligi davomida balki, kasallikdan
halos bo’lgan insonlarda ham nisbatan ko’proq namoyon bo’lmoqda. Post-COVID-sindrom kasalligidan aziyat chekayotgan bemorlarda
prokoagulyant va antikoagulyant balansi buzilgani sababli tromboz sodir bo’lish ehtimoli juda yuqoriligicha saqlanadi. Buning asosiy sabablaridan
biri folat sikli genlari (MTHFR, MTRR, MTR) va angiogenez omili – VEGFAga aloqador hisoblanadi. Folat sikli genlari defitsiti yoki yetarli ekspressiyalanmasligi surunkali endotelial disfunksiyaga sabab bo’lib, bu holat COVID-19 kasalligida yanada og’irlashadi, VEGFA omilini yetarli
ekspressiyasilanmasligi ishemik zonada angiogenez jarayoni sodir bo’lishini buzilishiga sabab bo’lish orqali ishemik insult sodir bo’lish chastotasini
oshiradi. Uzbek populatsiyasida bu muammoga sabab bo’luvchi polimorf genlarni o’rganish, populyatsiya ichida moyil insonlarni ajratishga yordam
beradi, hamda, shu insonlarda maxsus profilatika yoki davolash usullarini amalga oshirish orqali ishemik insult va boshqa xil COVID-19
asoratlaridan asrashda muhim axborotlardan hisoblanadi.